ISTANBUL - SULTONLAR SUYGAN SARHAD (2-qism)
Janrlar
Tavsif
- Qabri tepasiga Hajarul asvad qo‘yilgan hukmdor kim edi? - Konstantinopol fathi yo‘lida shahid bo‘lgan yetti Buxoriy kimlar edi? - Ayo Sofiyadan boshqa ming yildan beri saqlanib kelayotgan ibodatgoh qaysi edi? - Eng arzon baklava va lukumlarni qayerdan olish mumkin? Shu va boshqa savollar sizni qiziqtirsa ko‘rsatuvni albatta ko‘ring. Istanbul - o‘zining qulay joylashuvi, qit’alararo yastangan go‘zal tabiati, past-balandliklari bilan hukmdorlar e’tiborini tortib kelgan. U o‘zining qadim boy madaniyati, sivilizatsiyalar kesishuvidagi yutuqlari bilan jahon sarhadlari ichra ajralib turadi. Har kuni minglab sayyohlar unga oshiqishadi va go‘zalligidan bahra olishadi. Ko‘rsatuvda: - Istanbul tarixi va hozirgi kuni - Transport tizimi - Bozorlari: Chorshanba, Misr bozori, Arab bozori, Kitob bozori. - Ulug‘ avliyo zotlar ziyorati: Abu Ayyub Al Ansoriy roziyallohu anhu, Yetti Buxoriy, Sulton Muhammad Fotih, Sulton Sulaymon Qonuniy, Sulton Ahmad I, Sulton Boyazit II - Masjidlar: Ismoil og‘a, Sulaymoniya, Sulton Ahmad, Fotih, Ayo Safiya, Boyazit, Feneri Isa... O‘zbek takyasi. -Mashhur seriallar tasvirga olinadigan joylar: Balat ko‘chasi, Beshiktosh tumani, Uskudar tumani Beykoz tumani Bozdog‘ film platosi va boshqalar haqida ma’lumotlart olasiz.