Mavera
Fasllar va Qismlar
Ushbu faslda qismlar topilmadi.
Janrlar
Tavsif
Turk kinoijodkorlari tomonidan 2021-yilda suratga olingan"Mavera: Ahmad Yassaviy" (Mavera: Hace Ahmed Yesevi) — tarixiy-biografik seriali xalqimizning buyuk olimi, shoir, turkiy tasavvuf maktabining asoschisi Xoja Ahmad Yassaviy (1100-1166) hazratlari hayotiga bag‘ishlangan. Voqealar XII asrda kechadi. Yusuf Hamadoniy hazratlaridan ta’lim olgan Ahmad Yassaviy ustozi topshirig‘iga ko‘ra Bag‘dodga yuboriladi. Serialda Bag‘doddagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, saroy fitnalari va Yassaviyning insonlar qalbiga ma’naviyat, adolat va ilm nuri orqali kirib borishi ko‘rsatilgan. Serial orqali tomoshabinlar Ahmad Yassaviyning "Hikmatlar" asari mazmuni va uning "Inson o‘z mehnati bilan kun ko‘rishi kerak" degan hayotiy falsafasi bilan yaqindan tanishishlari mumkin.